AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways ilk Airbus A321neo (LR) samolyotini qabul qilib oldi (foto)

'Uzbekistan Airways ilk Airbus A321neo (LR) samolyotini qabul qilib oldi (foto)'ning rasmi

14 fevral oqshomida "O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi ilk  Airbus A321neo (LR) samolyotini qarshiladi.

Samolyot maxsus lisenziya shartnomasi asosida boshqariladi.  

“O`zbekiston havo yo`llari Airbus'ning necha yillik hamkori hisoblanadi. Kompaniya mintaqada birinchi bo`lib A310 samolyotlarini ishlatishni boshlagan. Biz aviakompaniyaning eng so`nggi A320neo – A321LR samolyotlari bilan rivojlanishini qo`llab-quvvatlashdan mamnunmiz, bu esa unga Markaziy Osiyodagi ishtirokini kengaytirish imkonini beradi”, — deydi Airbus'ningEvropa va Markaziy Osiyodagi vise-prezidenti.

Ma`lumotga ko`ra, jami 5 ta samolyotga buyurtma berilgan. Yana to`rtta samolyot 2022 yil oxirigacha etkazib berilishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar