1

Rasman: vodiy viloyatlarida gaz "zapravka"lari vaqtincha o`z faoliyatini to`xtatadi

Jamiyat 15.02.2022, 10:28
Rasman: vodiy viloyatlarida gaz "zapravka"lari vaqtincha o`z faoliyatini to`xtatadi

Farg`ona vodiysidagi AGTKShlar 15 fevral soat 13.00 dan 16 fevral soat 06.00 gacha faoliyatini to`xtatadi. Bu haqda "O`zbtransgaz" Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, 7-bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz etkazib berish to`g`risida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinmoqda. 

Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz etkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta`minotida barqarorligini ta`minlashdan iborat.

"Hurmatli iste`molchilar, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko`tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSh tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o`tishini ma`lum qilamiz.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz!"- deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1