1

Toshkent davlat texnika universitetida erkak o`zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi

Jamiyat 15.02.2022, 17:29
Toshkent davlat texnika universitetida erkak o`zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi

Toshkent davlat texnika universitetidagi qurilishda ishlagan yollanma ishchi maoshini ololmaganligi sababli o`zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi. Hodisa joyiga etib borgan Olmazor IIB FMB boshlig`i muzokara o`tkazib, 40 yoshdan oshgan fuqaroni pastga tushirishga erishdi.

15 fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida erkak o`zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi.

Ta`kidlanishicha, internet tarmoqlaridaxx tarqalayotgan xabarlarda o`zini beshinchi qavatdan tashlamoqchi bo`lgan erkak ushbu universitet xodimi sifatida ko`rsatilgan.

Biroq, erkak universitet xodimi emas, shu oliy ta`lim maskanidagi qurilishda ishlagan, 40 yoshdan oshgan yollanma ishchi ekanligi aytilmoqda. Erkak maoshini ololmagani sababli, o`z noroziligini shu tarzda namoyish etishga uringan.

Hodisadan xabar topgan Olmazor tuman IIB FMB boshlig`i Mahkam Vafoev voqea joyiga borib, erkak bilan muzokaralar o`tkazgan va uni pastga tushishiga yordamlashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1