1

Samarqanddagi bekatda yong`in chiqdi

Jamiyat 16.02.2022, 07:55
Samarqanddagi bekatda yong`in chiqdi

Qutqaruv ekipaji 1 soatda kelgani haqidagi ma`lumot rad etildi

Kecha, 15 fevral kuni soat 12:36 da Pastdarg`om tumanida joylashgan Juma avtoshox bekati hududidagi, yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli bo`lgan "hot dog-shaurma" tayyorlash xonasida yong`in sodir bo`lgan.

Bu haqda tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yong`in aks etgan video ham tarqaldi. Videoda izoxlanishicha, qutqaruv ekipaji yongin sodir bo`lgandan 1 soat o`tib etib kelgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu ma`lumotni rad etib, asl voqea tafsilotlarini bayon qildi.

Unga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 1 soat emas, 5 daqiqada  etib borib,  10 daqiqada yong`in bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida xonannig taxminan 8 kv.m. maydonda shift, tom qismi va ichki jihozlari yonib zararlangani aytiladi.

"Jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1