1

Qashqadaryoda IIB xodimlari olib ketgan fuqaroning jasadi qaytdi  

Jamiyat 16.02.2022, 09:08
Qashqadaryoda IIB xodimlari olib ketgan fuqaroning jasadi qaytdi   

O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, fuqaro o`sha kuni mast holatda bo`lgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 fevral kuni soat 20:30 da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro A.K. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, shu tumanning Chandir qishlog`ida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro S.X. ko`chada mast holatda qo`ni-qo`shnilar bilan janjallashib, ularning tinchligini buzayotganligini ma`lum qilgan.

Voqea joyiga etib borgan profilaktika inspektorlari huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirib, mast holatda bo`lgan, sog`liqni saqlash organlarida spirtli ichimliklarga ruju qo`ygan shaxs sifatida hisobda turuvchi fuqaro S.X.ni Respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filialiga joylashtirgan. 

U shifokorlar ko`rigidan o`tkazilib, stasionar davolanishga yotqizilgan. Soat 23:40da bemorning sog`lig`i yomonlashgach,  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati filialiga etkazilgan.

Kasalxonada shifokorlar tomonidan birlamchi tez tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramasdan, u 12 fevral kuni soat 01:30da "Alkogoldan o`tkir zaharlanish og`ir darajasi, aspirasion sindrom, alkogol komasi o`tkir nafas etishmovchiligi II-III-darajasi, o`tkir yurak qon tomiri etishmovchiligi II-daraja" tashxisi bilan vafot etgan.

"Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olingan va o`rganish natijasiga ko`ra, marhum S.X.ning tanasida tan jarohati va boshqa jismoniy kuch ishlatish bilan bog`liq belgilar aniqlanmagan",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1