“Barselona” klubi hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Gondurasga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.
Argentinaning 1:0 hisobida yakunlangan o`yinda 28 yoshli futbolchi uchrashuv vaqtida raqib futbolchisi bilan to`qnashib, bel qismida og`riq sezdi va 64 daqiqada maydonni tark etdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, uning jarohati og`ir emas, ammo Messi terma jamoasining Amerika Kubogi-2016 musobaqasidagi ilk o`yinini o`tkazib yuborishi mumkin.
Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi musobaqasidagi ilk o`yinini 7 iyun kuni Chili termasiga qarshi o`tkazadi.