AsosiyJamiyat

Madaniy meros agentligining ko`rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilandi

'Madaniy meros agentligining ko`rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilandi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ–754, 15.02.2022 y.) bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Unga ko`ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob`ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast etkazish:

● takroran yoki xavfli residivist tomonidan;

● ko`p miqdorda zarar etkazgan holda;

● bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo`lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo`llanishi mumkin.

O`sha harakatlar juda ko`p miqdorda zarar etkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari ko`rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilandi.

Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik:

- fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so`mgacha);

- mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar