1

Jo`raxon Po`latov 88 yoshida vafot etdi

Jamiyat 16.02.2022, 21:01
Jo`raxon Po`latov 88 yoshida vafot etdi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Jo`raxon Po`latov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shu munosabat bilan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov marhumning oila a`zolariga ta`ziya bildirdi:

1934 yilning 10 iyun sanasida Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida tavallud topgan ustoz san`atkor askiya san`atining zabardast vakillaridan biri edi. U uzoq yillar madaniyat sohasining turli yo`nalishlarida, xususan, Qo`qon shahar Xamza nomidagi o`zbek davlat musiqali drama teatri hamda Qo`qon shahar musiqali drama teatrida fidoyilik bilan mehnat qildi.

Jo`raxon Po`latov halqona, samimiy kulguga boy har bir chiqishlari bilan xalqimiz mehrini qozondi. San`at olamida o`zidan o`chmas iz qoldirgan ustoz san`atkorning  yorqin xotirasi hamisha qalbimizda qoladi.

Jo`raxon Po`latovning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.  

Ozodbek Nazarbekov,

Madaniyat vaziri

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1