1

Yakkabog`da YPX xodimlari va fuqarolar o`rtasida yuzaga kelgan tortishuvga nima sabab bo`ldi? Holat yuzasidan ma`lumot berildi

Jamiyat 16.02.2022, 21:23
Yakkabog`da YPX xodimlari va fuqarolar o`rtasida yuzaga kelgan tortishuvga nima sabab bo`ldi? Holat yuzasidan ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida YPX xodimlari va fuqarolar o`rtasida tortishuv yuzaga keldi» sarlavhasi ostida video tarqalgan edi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligining Matbuot kotibi ma`lumot berdi.

Xabarga ko`ra, joriy yilning 15 fevral kuni soat 09:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog` tumani, Amir Temur ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi B.Karimov tomonidan "Nexia-3" rusumli avtomobil haydovchisi xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi uchun unga to`xtash ishorasi ko`rsatilgan. Haydovchi ishoraga bo`ysunmasdan harakatda davom etgan.  

Ko`rilgan choralar natijasida haydovchi to`xtatilgan. YPX xodimlari tomonidan qoidabuzarligi bo`yicha tushuntirishlar berilishiga qaramasdan haydovchi inspektorlarga faol qarshilik ko`rsatib atrofdagilarning ham e`tiborini mazkur vaziyatga jalb etgan.  

Jarayon davomida atrofda bo`lgan ayrim fuqarolar YPX xodimlarining o`z xizmat faoliyatini bajarishiga xalaqit berganlar.

Haydovchiga nisbatan YPX xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 125-moddasi 1-qismi, 194- hamda 195-moddalari tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.  

Shuningdek, atrofda bo`lgan, xodimlarning o`z xizmat faoliyatini bajarishiga xalaqit bergan fuqarolar yuzasidan ham surishtiruv olib borilib, to`plangan hujjatlar o`rganib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkabog` tumani sudiga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1