Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi “Young University Rankings – 2022” (Yosh universitetlar reytingi – 2022) reyting natijalarini e`lon qildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Reyting natijasiga ko`ra, respublikadagi 4 ta oliy ta`lim muassasaci ilk bor yangi turdagi maqom — “Reporter” universitetlar qatorida e`tirof etildi. Bular:
- Toshkent davlat yuridik universiteti;
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
- Turin politexnika universiteti;
- Urganch davlat universiteti.
Ushbu maqom orqali yuqoridagi oliygohlar dunyoning TOP universitetlari reytingiga kirish uchun nomzod sifatida yana bir katta qadamni qo`yishdi.
Ma`lumot o`rnida, “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 va undan kichik yoshdagi eng yaxshi universitetlari ro`yxatini tuzadi. Ro`yxat “World University Rankings” flagmani bilan bir xil 13 ta mezon ko`rsatkichlariga asoslanadi.
2022 yilgi reyting 539 ta universitetni o`z ichiga olib, shundan 251 ta oliygoh “Reporter” maqomiga ega bo`ldi.
To`liq ro`yxat bilan bu erda tanishishingiz mumkin.