Prezident qarori bilan Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyi negizida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik liseyi tashkil etildi. Bu haqda Nuquqiy axborot ma`lum qildi.
Harbiy musiqa akademik liseyiga ilmiy-metodik yordam ko`rsatish maqsadida O`zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Jamoat xavfsizligi universiteti biriktirildi.
Harbiy musiqa akademik liseyida:
- istisno tariqasida, mavjud umumiy o`rta ta`lim sinflari saqlab qolinadi;
- o`quvchilar bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan ta`minlanadi;
- 1−2-bosqich o`quvchilari Milliy gvardiya qo`mondoni tomonidan tasdiqlangan bepul kiyim-bosh bilan ta`minlanadi;
- o`qitish “Damli va zarbli cholg`ular ijrochiligi” ta`lim yo`nalishi bo`yicha amalga oshiriladi;
- bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom, orkestr artisti malaka darajasi hamda ko`krak nishoni beriladi.
Harbiy-musiqa akademik liseyi bitiruvchilariga oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan test sinovlarida o`zlari to`plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat OTMga o`qishga kirishda esa o`zlari to`plagan ballarning 15 foizi (shu jumladan, ijodiy imtihonlar bo`yicha) miqdoridagi qo`shimcha ballar ko`rinishida imtiyoz beriladi.






