Avstriya hukumati 5 martdan boshlab koronavirus cheklovlarining aksariyat qismini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda ORF telekanali xabar bermoqda.
Bunday qaror federal shtatlar va Koronavirusga qarshi kurash milliy tashkiloti (GECKO) rahbarlari bilan uchrashuvdan so`ng qabul qilindi.
Xususan, rasmiylar 5 martdan boshlab emlash uchun “yashil pasportlar”ni bekor qilishni, jamoat joylariga kirishni cheklashni, tadbirlar soniga cheklovlarni rejalashtirmoqda. Restoranlar yana tunda ochiq bo`lishi mumkin.






