Ispaniyalik rejissyor Karl Simonning "Alkarras" hujjatli filmi 72-Berlin kinofestivalining bosh mukofoti – "Oltin ayiq"qa loyiq deb topildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Film Kataloniyaning Alkarras nomli kichik qishlog`ida 80 yil davomida shaftoli etishtirgan fermerlar oilasi haqida hikoya qiladi. Ularning hayoti ularning mulki joylashgan erning egasi vafot etganida va uning merosxo`ri bolg`a ostida hamma narsani sotishga qaror qilganda o`zgaradi. Shaftoli daraxtlarini kesish va ularning o`rniga quyosh batareyalarini o`rnatish rejalashtirilgan. Katta oila shaftolining so`nggi bor hosilini yig`ishtirib, bir necha avlod o`sgan er bilan xayrlashish uchun yig`iladi.
Berlin kinofestivali Kann va Venesiya bilan bir qatorda dunyodagi eng nufuzli kinofestivallardan biri sanaladi va 1951 yildan beri o`tkazib kelinmoqda. Kinofestivalning bosh sovrini – “Oltin ayiq” mukofoti hisoblanadi.






