1

O`zbekiston-Pokiston hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

Jamiyat 17.02.2022, 01:43
O`zbekiston-Pokiston hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida Pokiston Islom Respublikasi tijorat vazirining birinchi o`rinbosari Muhammad Solih Faruqiy boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuv chog`ida investisiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida O`zbekiston-Pokiston hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, ikki mamlakat o`rtasida Imtiyozli savdo to`g`risidagi bitim loyihasi yuzasidan kelishishni jadallashtirish tadbirlari muhokama qilindi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining O`zbekiston Respublikasiga tashrifi chog`ida (15-16 iyul 2021 yil) imzolangan Tranzit va savdo to`g`risidagi bitim shartlarini amalda joriy etish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ni ishlab chiqish masalasi ko`rib chiqildi.

“Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” trans-afg`on temir yo`lini qurish loyihasini amalga oshirish bo`yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Pokiston ishbilarmon delegasiyalarining sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirish maqsadida O`zbekistonga tashriflarini tashkil etishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ko`rib chiqilgan munosabatlarning barcha sohalarida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Pokiston delegasiyasining tashrifi davomida, shuningdek, O`zbekiston Transport vazirligi, Markaziy Bank, Davlat bojxona qo`mitasi, boshqa vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbariyati bilan qo`shimcha uchrashuvlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1