AsosiyJamiyat

Farg`onada quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko`chma svetoforlar o`rnatilmoqda

'Farg`onada quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko`chma svetoforlar o`rnatilmoqda'ning rasmi

Bu haqda O`zA xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, shu kunga qadar  yo`l bo`ylarida yangi qurilgan umumta`lim maktablari oldiga 22 ta quyosh panelli svetoforlar o`rnatildi.  

Viloyatda aholi gavjum joylar, xususan, bozorlarning kirish qismi va maktablar yaqiniga quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko`chma svetoforlar o`rnatish ishlari davom ettirilmoqda.  

Mazkur qurilma loyihasi Farg`ona politexnika instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab Yozyovon tumanida sinovdan o`tkazilgan ko`chma svetofor ijobiy samara berib, uning energiya tejamkorligi, istalgan erga o`rnatish imkoniyati mavjudligi har jihatdan ma`qullangan.  

Bugungi kunda “aqllli svetofor”lar “Oltiariq-innovasiya” korxonasi mutaxassislari tomonidan tayyorlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar