1

“Bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori bo`g`ingacha o`zgarishi kerak” – Prezident

Jamiyat 17.02.2022, 14:26
“Bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori bo`g`ingacha o`zgarishi kerak” – Prezident

Yig`ilish avvalida davlat rahbari  sahada amalga oshirilgan islohotlar haqida xabar berdi. Besh yillik Taraqqiyot strategiyasida eksportni 30 milliard dollarga, xorijiy turistlar sonini 7 millionga etkazish belgilab olingan.

Bu haqda Davlat rahbari huzurida 2022 yilda bojxona ma`murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo`yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o`tkazilgan yig`ilishda ta`kidlangan. 

“Bu katta marralar. Buning uchun, bojxona tizimi pastdan boshlab, eng yuqori bo`g`ingacha o`zgarishi kerak.

Topshirig`imga ko`ra, qo`mitaning yangi raisi bevosita postlarda xodimlar, aholi va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz gaplashib, har bir masalani ichiga kirib o`rgandi.

Viloyat hokimlari bir narsani aniq tushunishi kerak. Bojxona postlari davlatimiz yuzi, birinchi taassurot ham aynan bojxonadan boshlanadi.

Bojxona postiga qarab, har bir hokimning madaniyatiga baho beriladi. Ular atrofida ravon yo`llar, ekilgan manzarali daraxt va gullar, aholi uchun qulay sharoitlar bo`lishi shart”, degan davlatimiz rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1