1

2023 yilgacha bojxona xizmatlari 100 foiz raqamlashtiriladi

Jamiyat 17.02.2022, 14:47
2023 yilgacha bojxona xizmatlari 100 foiz raqamlashtiriladi

Davlat rahbari huzurida o`tkazilayotgan yig`ilishda Prezident bojxona tizimida “korrupsiyadan xoli” dasturini amalga oshirish soha rahbarlarining eng ustuvor vazifasi bo`lishi shartligini ko`rsatib o`tgan.

Avvalambor, topshiriqqa ko`ra sohada zamonaviy komplaens tizimi joriy qilinadi. Bunda:

  •  1 maydan boshlab yuk deklarasiyasini rasmiylashtirish postlardan chiqariladi va tadbirkor bilan bevosita muloqotsiz, masofaviy amalga oshiriladi;
  • ️ 1 iyuldan tovarlar kodi va qiymatini belgilash, bojxona ko`rigini o`tkazish, imtiyozli deklarasiya rasmiylashtirishda korrupsion xavflar avtomatlashgan tizim orqali aniqlanadi;
  • ️ 1 sentyabrdan boshlab barcha elektron bojxona xizmatlari “yagona darcha” tizimi orqali ko`rsatiladi;
  • ️ yil yakuniga qadar bojxona ko`rigi jarayonlarini to`liq qamrab olgan elektron tizim ishga tushiriladi.

 

Umuman, bojxona xizmatlarini raqamlashtirishni 2022 yilda 70 foizga, 2023 yilda 100 foizga etkazish bo`yicha dastur qabul qilish vazifasi qo`yilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1