AsosiyJamiyat

"Katta Dubulg`a" turnirida 3 nafar o`zbekistonlik dzyudochi yurtimiz sharafini himoya qiladi

'"Katta Dubulg`a" turnirida 3 nafar o`zbekistonlik dzyudochi  yurtimiz sharafini himoya qiladi'ning rasmi

Bugun Isroilning Tel-Aviv shahrida "Katta Dubulg`a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg`armasi 154 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir start oladi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar berdi.

"Shlomo Arena"da otuvchi musobaqada 34 davlatdan jami 298 (165 erkak, 133 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda reyting ochkolari uchun bellashadi. Bugun ayollar -48, -52, -57 kg, erkaklar esa -60 va -66 kg vazn toifalarida medallar yo`lida tatamiga chiqadilar. O`zbekiston dzyudo federasiyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha bugun yurtimiz sharafini uch nafar dzyudochimiz himoya qiladi:

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:

  • 52 kg: Diyora Keldiyorova - Saltanat Sultanbekova (Qozogiston)

 

  • 60 kg: Mirzohid Muhammadjonov - Irakli Kupatadze (Gruziya)

 

  • 66 kg: Bobur Vadjiev - Yarin Menaged (Isroil)

    Boshqa yangiliklar