Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda, bojxona xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berilgan.
- ️ Olot, Guliston, Termiz va boshqa hududlardagi olis postlarda ishlaydigan xodimlar uchun xizmat uylari barpo etiladi;
- ️joriy yilda uy-joyga ehtiyoji bor 100 nafar va har yili kamida yana shunchadan xodim imtiyozli ipoteka bilan ta`minlanadi;
- bojxona xodimlari va ularning farzandlari uchun oliy o`quv yurtlariga kirishda alohida kvota ajratiladi.
Yana bir masala – bugungi kunda bojxona organlarida ayollarning ulushi bor-yo`g`i 8 foizni tashkil etadi.
"Sohada adolat, halollik va tartibni joriy qilishni xohlar ekanmiz, tizimga ayol xodimlarni jalb qilish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishimiz shart", dedi davlatimiz rahbari.
Shu munosabat bilan kelgusi ikki yilda ayollar ulushini kamida 2 barobarga oshirish bo`yicha ishlarni hozirdan boshlash vazifasi qo`yildi.






