Prezident raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda bojxona tizimida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha ishlarni kuchaytirish vazifasi qo`yildi.
Endilikda Bojxona instituti kursantlari 2-kursda bir oy, 3-kursda uch oy va 4-kursda olti oy bojxona postlarida amaliyot o`taydi.
Institutda bojxona xodimlari va kursantlarga xorijiy tillarni o`rgatish, ularning madaniyati, saviyasi, IT ko`nikmalarini tizimli oshirish kerakligi qayd etildi.
Shuningdek, institutda standartlar va metrologiya, nazorat uskunalarini boshqarish kabi yo`nalishlar bo`yicha ham mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga qo`yish lozim.
"Bojxona institutini to`liq transformasiya qilamiz", dedi Prezident.
Uch oy muddatda Birlashgan Arab Amirliklari tajribasini chuqur o`rganib, qo`shma qadr tayyorlash dasturini joriy qilish topshirildi.
Bojxona xodimlari uchun raqamli texnologiyalarga o`qitish kurslarini tashkil etib, joriy yilda 500 nafar xodimni o`qitish topshirildi
Bojxona qo`mitasiga kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo`yicha Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikni kengaytirishga ko`rsatma berildi.






