AsosiyJamiyat

Kadastr agentligi direktori Samarqand shahriga hokim bo`ldi

'Kadastr agentligi direktori Samarqand shahriga hokim bo`ldi'ning rasmi

Samarqand shahar hokimligida o`tkazilayotgan xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi.

Samarqand shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Oblakulov Boburmirzo Salomovich boshqa ishga o`tishi munosabati bilan, o`z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Sessiyada deputatlar tomonidan Umarov Fazliddin Karimovich nomzodi Samarqand shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Fazliddin Karimovich O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari – O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

    Boshqa yangiliklar