AsosiyJamiyat

Qo`yliqda YPX xodimi va haydovchi o`rtasida janjal bo`ldi

'Qo`yliqda YPX xodimi va haydovchi o`rtasida janjal bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 17 fevral kuni soat 11:00 larda, Toshkent shahar, Bektemir tumani, TXAY ko`chasi yoqasida joylashgan "Qo`yliq" qurilish mollari bozori yaqinida, "Equinox" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtash taqiqlangan joyga to`xtagan vaqtda YPX xodimi tomonidan transport vositasi avtoturargohga qo`yilishi bo`yicha haydovchi ogohlantirilgan. Xodimning murojaatiga e`tibor qaratmagan haydovchi bozor ichiga kirib, taxminan 5-10 daqiqada avtomobilining yoniga qaytib kelgan. YPX xodimi haydovchiga murojaat qilib, qoidani buzganligini, tegishli me`yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so`ragan vaqtda, haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan avtomobilini boshqarib ketgan va taxminan 500 metr masofa uzoqlikda xizmat olib borayotgan yana bir YPX xodimi tomonidan to`xtatilgan. O`zaro muloqot jarayonida haydovchi YPX xodimlarini turli so`zlar bilan haqoratlab, qonuniy talabni bajarmaslikda davom etib, faol qarshilik ko`rsatgan. YPX xodimlari tomonidan haydovchi, 1982 yilda tug`ilgan V.P.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128 prim 6 (transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzishi) hamda 194-moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan. To`plangan hujjatlar tegishli tartibda ko`rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Bektemir tumani sudiga yuborilishi choralari ko`rilmoqda.

Jarayonlar yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi...

    Boshqa yangiliklar