AsosiyDunyo

Google foydalanuvchilarning ma`lumotlarini kuzatishni to`xtatadi

'Google foydalanuvchilarning ma`lumotlarini kuzatishni to`xtatadi'ning rasmi

Kompaniya yashirin ma`lumot to`plash xavfini kamaytirish niyatida.

Google foydalanuvchi ma`lumotlarini uzatish uchun yangi tizim — Privacy Sandboxʼ ishlab chiqadi, deya qayd etmoqda Zamon.uz' nashri.

Ta`kidlanishicha, yangi tizim reklama kuzatuvchilarni butunlay o`chirib qo`yadi va foydalanuvchi ma`lumotlarining uchinchi tomonlar bilan baham ko`rilishini cheklaydi.

Android 12 foydalanuvchilari endi tizim sozlamalarida identifikatorlarni o`chirib qo`yishlari mumkin.

Ilova ishlab chiquvchilari rad etish haqida xabar oladi. Ilova egalari o`zgarishlarga tayyorlanishlari uchun Google joriy tizimni ikki yil davomida saqlab qoladi. 

Ma`lumot uchun, 2020 yil dekabr oyidan boshlab Apple ishlab chiquvchilardan foydalanuvchilarga qanday ma`lumotlarni to`plashini aytishni talab qildi.

"Shundan so`ng, reklama beruvchilar Snap, Facebook, Twitter va YouTubeʼdagi xarajatlarni qisqartirib, Android foydalanuvchilari uchun reklama va App Storeʼda reklamalarni sotib olishni boshladilar",- deb yozadi Financial Times 2021-yil noyabrida.

 2021 yil oktyabr oyida Google Play ishlab chiquvchilarga ilovalar to`playdigan ma`lumotlar haqida ma`lumot qo`shishga ruxsat berdi.

2022-yil fevral oyida Meta Appleʼning yangi qoidalari joriy yilda uning daromadini 10 milliard dollarga qisqartirishi haqida xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar