AsosiyDunyo

"Biz kutilmagan hodisalarga tayyor bo`lishimiz kerak" — Italiya bosh vaziri Rossiya-Ukraina munosabatlari haqida

'"Biz kutilmagan hodisalarga tayyor bo`lishimiz kerak" — Italiya bosh vaziri  Rossiya-Ukraina munosabatlari haqida'ning rasmi

"Diplomatik jarayonga ishoning, lekin har qanday holatga tayyor bo`ling". Ukraina inqirozi bilan bog`liq bu strategiya Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlar tomonidan tasdiqlandi.

Ularning etakchilari Rossiya bilan kuchayib borayotgan keskinlikni muhokama qilish uchun Bryusseldagi norasmiy sammitda yig`ildi. Moskvaning Ukraina bilan chegaralardan qo`shinlarning qisman olib chiqilishi haqidagi bayonotlariga qaramay, Bryussel u erda vaziyat yaxshilanganini ko`rmayapti.

Mario Dragi, Italiya Bosh vaziri:  

"Ayni damda erda keskinlik pasayganini ko`rsatadigan hech qanday alomat yo`q. Biz kutilmagan hodisalarga tayyor bo`lishimiz kerak",- dedi Moskvaga safar qiladigan Italiya hukumati rahbari. U yaqin kunlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi aytadi.

Evropa Ittifoqi etakchilari, shuningdek, Rossiya harbiylari Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi munosabati bilan Evropa komissiyasi tomonidan tayyorlangan sanksiyalarni ham muhokama qildi. Chora-tadbirlar 27 davlati tomonidan tasdiqlanishi kerak.  

Jozep Borrel, Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari: 

 "Evropa bu masalada hamfikr. Sanksiyalar barcha a`zo davlatlarning ma`qullanishini talab qiladi. Bugun esa hamma bir ovozdan ularni qo`llashga tayyorligini ta`kidladi"-deydi u.

"Bu juda qiyin paket", deya qo`shimcha qildi Evropa diplomatiyasi rahbari, tafsilotlarni oshkor qilmasdan. 

Sanksiyalar energetika va moliya sohalariga ta`sir qilishi mumkin. Ammo Bryussel inqirozdan diplomatik yo`l bilan chiqishga ishonishini ta`kidlamoqda.

Sharl Mishel, Evropa Kengashi rahbari:

"Men  Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdim. U meni erdagi so`nggi o`zgarishlar haqida ma`lumot berdi. Biz Rossiyani vaziyatni pasaytirishga chaqirmoqdamiz. Bizga  ko`zga ko`rinarli natijalari kerak".

Sammit ishtirokchilari Ukraina sharqida jangovar harakatlar kuchayayotgani haqidagi ma`lumotni tasdiqlashgan.

                                                                                                                                           Dilbar Abdunabieva

    Boshqa yangiliklar