1

Nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshirildi

Jamiyat 18.02.2022, 10:15
Nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshirildi

“Nogironligi bo`lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 apreldan:  

  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda – 440 000 so`mdan 622 000 so`mgacha oshiriladi;  
  • o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo`lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so`m miqdorida nafaqa to`lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi.

 

Parvarishlash nafaqasi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari tomonidan tayinlanadi va to`lanadi.

Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 apreldan o`zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to`g`risidagi, 2022 yil 1 oktyabrdan o`zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to`g`risidagi ma`lumotlar byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga elektron taqdim etib boriladi.

2022 yil oktyabrdan 18 yoshgacha nogironligi bo`lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to`lanadigan nafaqalar hamda parvarishlash nafaqasi fuqarolardan qo`shimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlanadi.  

Farmon bilan shuningdek, o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro`yxati (34 ta) tasdiqlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1