1

Mirzo Ulug`bek tumanining ayrim joylari ichimlik suvi va tabiiy gaz ta`minotidan vaqtincha uziladi

Jamiyat 18.02.2022, 11:07
Mirzo Ulug`bek tumanining ayrim joylari ichimlik suvi va tabiiy gaz ta`minotidan vaqtincha uziladi

Bugun Mirzo Ulug`bek tumani, Do`rmon yo`li ko`chasidan o`tgan suv quvurida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib boriladi.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda. 

Shu sababli, bir necha manzilgohlarda soat 10:00 dan 21:00 gacha ichimlik suvi ta`minotida bosim kamayishi yoki uzilishi kuzatiladi:

Humoyun mavzesi:

1. Ko`p qavatli uylar  –  38 ta

2. Erli xonadonlar – 114 ta    

3. 408-MTT

4. 279-umumta`lim maktabi  

5. Neyrojarrohlik shifoxonasi

6. Mahalliy qozonxona  

A.Yugnakiy mavzesi:

1. Ko`p qavatli uylar  –  54 ta    

3. 83, 382, 113-sonli MTT lar

4. 120, 265, 20-maktablar  

5. Sil kasalliklari dispanseri

6. “Medimaks” klinikasi

7. Tez yordam bo`limi

8. Maishiy qozonxona  –   5 ta

Geofizika MFY:

1. Ko`p qavatli uylar  –  11 ta

2. Erli xonadonlar – 50 ta    

Ta`mirlash ishlari yakunlanishi bilan suv ta`minoti tiklanadi.

 Aholiga ichimlik suv maxsus texnikalarda etkaziladi.

Bundan tashqari Mirzo Ulug`bek tumani, Sohibqiron ko`chasida tabiiy gaz ta`minotini ikki bosqichli tizimga o`tkazish uchun er usti D-76 mm o`rta bosim gaz quvuriga ulash  ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 yil 18 fevral kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha ushbu kóchadagi 25 ta erli aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha tõxtatiladi.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1