O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha kecha boshlangan havoning isishi davom etadi. Respublikaning barcha hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo kutilmoqda, kunduzi havo 10-13° iliqqacha isiydi. Respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat 19 fevralda Surxondaryo viloyatida, 20 fevralda Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir va ho`l qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi.
Tungi sovuqlar asta-sekin chekinadi, kunduz kunlari esa ko`proq bahor fasli uchun xos bo`lgan qiymatlargacha isiydi. 20 fevralga kelib, harorat kechasi 2-7° iliqqacha, kunduz kuni esa termometr ustuni 15-17° iliq, janubda 18-20° iliqqacha etadi.






