AsosiyJamiyat

Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratildi

'Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratildi'ning rasmi

 Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilib, Turizm va madaniy meros vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligiga aylantirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Deputatlar tomonidan ikki nafar Hukumat a`zosining nomzodi ko`rib chiqildi va ma`qullandi

 Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a`zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko`rib chiqiladi.

️ 2022 yil 18 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari –Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov  nomzodini ko`rib chiqdilar va ma`qulladilar.  

Shundan so`ng deputatlar Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adxam Ikramov nomzodini ko`rib chiqdilar va ma`qulladilar.

 

    Boshqa yangiliklar