O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida"gi Farmoni bilan 22 mart — seshanba, 23 mart — chorshanba qo`shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.
Shunga ko`ra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar
- 19 mart (shanba) - dam olish kuni;
- 20 mart (yakshanba) - dam olish kuni;
- 21 mart (dushanba) – Navro`z bayrami;
- 22 mart (seshanba) – qo`shimcha ishlanmaydigan kun.
- 23 mart (chorshanba) - qo`shimcha ishlanmaydigan kun.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 4 kun (20–23 mart kunlari) dam oladi.






