Navoiy shahridagi savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushdi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB ma`lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani to`g`risidagi video lavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB quyidagilarni ma`lum qiladi.
Hodisa kecha, 18 fevral kuni soat 20:30larda sodir bo`lgan. Karmana tumanida yashovchi, 1969 yilda tug`ilgan Sh.T. 3 yoshli nabirasi A.S. bilan Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasiga borgan. Ular savdo majmuasining 5 va 4-qavat oralig`idagi eskalatorda muvozanatni yo`qotib, 1-qavatga tushib ketgan. Fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan A.S. esa viloyat ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






