AsosiyDunyo

Zelenskiy Putinni yana bir bor uchrashishga taklif qildi

'Zelenskiy Putinni yana bir bor uchrashishga taklif qildi'ning rasmi

Ukraina rahbariga ko`ra, uchrashuv qaerda va qanday formatda bo`lib o`tishi muhim emas.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yana bir bor uchrashishga taklif qildi. Bu haqda u Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi chiqishi chog`ida aytib o`tdi. 

"Rossiya Federasiyasi prezidenti nimani xohlayotganini bilmayman, shuning uchun men uchrashishni taklif qilaman", dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u Ukraina urushni to`xtatish bo`yicha barcha mumkin bo`lgan formatlarda va barcha mumkin bo`lgan platformalarda muzokaralar olib borishga tayyorligini aytdi.

"Parij, Berlin, Minsk, Istanbul, Jeneva, Bryussel, Nyu-York yoki Pekin - men uchun dunyoning qaerida Ukrainada tinchlik muzokaralari olib borilishi muhim emas. Bu to`rtta davlat ishtirokidami, ettita yoki yuztami farqi yo`q, asosiysi, ular orasida Ukraina ham, Rossiya ham bo`lishi kerak. Umid qilamanki, hech kim Ukrainani G`arb va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi qulay va "abadiy" bufer deb hisoblamaydi. Bu sodir bo`lmaydi, hech kim bunga yo`l qo`ymaydi. Aks holda, savol tug`iladi - navbatdagi kim? ”, dedi Zelenskiy.

    Boshqa yangiliklar