AsosiySport

O`zbekistonlik yosh stol tennischi Belgiyadagi xalqaro musobaqada g`alaba qozondi

'O`zbekistonlik yosh stol tennischi Belgiyadagi xalqaro musobaqada g`alaba qozondi'ning rasmi

14-20 fevral kunlari Belgiyaning Spa shahrida stol tennisi bo`yicha turli yosh toifalarida bolalar va o`smirlar o`rtasida xalqaro musobaqa bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Asel Erkebaeva U-13 toifasida barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo`ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar berdi.

Yurtdoshimiz musobaqada Ukraina, Germaniya, Hindiston va finalda fransiyalik raqibalarini mag`lubiyatga uchratishga muvaffaq bo`lgan.

Ushbu turnir 11, 13, 15, 17 va 19 yosh toifalarida yigitlar va qizlar o`rtasida tashkil etilgan. Unda boshqa yosh toifalarida ham vakillarimiz ishtirok etishgan. 

    Boshqa yangiliklar