"Yuventus" rahbariyati hujumchi Paulo Dibalani tarkibda saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, turinliklar 28 yoshli argentinalik futbolchiga yiliga 8 million evro maosh va 3 mln evro mukofot pulini taqdim qilishga tayyor.
Tomonlar mazkur kelishuv xususida muzokaralar o`tkazmoqda va tez orada rasman kelishuvga erishishi kutilmoqda.
Ma`lumot uchun, Dibala joriy mavsum A Seriyada 20ta uchrashuvda ishtirok etib, 7ta gol urishga muvaffaq bo`ldi.






