AsosiyDunyo

Rossiya prezidenti DXR va LXR mustaqilligini tan oldi

'Rossiya prezidenti DXR va LXR mustaqilligini tan oldi'ning rasmi

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi: "Rossiya kelishuvni emas, mojaroni tanladi. Diplomatiya tugadi."
Shu kabi xabarlar tunda ijtimoiy tarmoqlar bo`ylab keng tarqaldi. Sababi bu vaqtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk hamda Lugansk Xalq Respublikasi bo`yicha yakuniy qarorini bildirdi. U bu ikki respublikani tan olishini aytib, farmonga imzo chekdi.

"Donesk Xalq Respublikasi xalqining xohish-irodasini hisobga olib, Ukraina Minsk kelishuvlariga muvofiq nizoni tinch yo`l bilan hal qilishdan bosh tortgan holda, Rossiya Donesk Xalq Respublikasini suveren va mustaqil davlat sifatida tan oladi. Lugansk Xalq Respublikasi xalqi, Ukrainaning Minsk kelishuvlariga muvofiq mojaroni tinch yo`l bilan hal qilishdan bosh tortdi, Lugansk Xalq Respublikasini suveren va mustaqil davlat sifatida tan olinadi”, — deyiladi hujjatlarda.

Farmon imzolangani mustaqil deb tan olingan respublikalar uchun quvonarli kutib olindi. Ba`zilar qo`shiq kuyladi, yana ba`zilar bor ovozi bilan xursanligini namoyon qildi. 

Ammo bu farmon Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlarni jiddiy xavotirga solmoqda.

Evropa ittifoqi ushbu farmonni xalqaro huquq qoidalariga zid va Ukrainaning hududiy yaxlitligiga tahdid, deb hisoblashini ma`lum qildi. Rossiyaning ushbu qaroriga qarshi o`ta qattiq javob qaytarilishini va`da qilishdi.

Britaniya bugun DXR va LXRni tan olinishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni e`lon qiladi deb yozmoqda "The Guardian".

Eslatib o`tamiz, Venesuela, Kuba va Nikaragua DXR va LXRni tan olishini e`lon qildi.‌‌

    Boshqa yangiliklar