AsosiySport

Stranja—2022: Hasanboy Do`stmatov jangsiz keyingi bosqichga yo`l oldi. Yana 4 nafar o`zbekistonlik bokschi raqiblariga imkon qoldirmadi

'Stranja—2022: Hasanboy Do`stmatov jangsiz keyingi bosqichga yo`l oldi. Yana 4 nafar o`zbekistonlik bokschi raqiblariga imkon qoldirmadi'ning rasmi

21 fevral, dushanba kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo`yicha xalqaro an`anaviy Stranja Kubogining ikkinchi kungi bahslari bo`lib o`tdi.

-51 kg vazn toifasida harakat qiladigan Hasanboy Do`stmatov italiyalik Shiakka Tommazoga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Noma`lum sabablarga ko`ra Hasanboyning raqibi ringga chiqmadi. Shu tariqa o`zbekistonlik bokschi jangsiz keyingi bosqichga yo`l oldi.

Shuningdek, Mujibilllo Tursunov (-63,5 kg) Qozog`iston vakili Muhammadsabir Bazarbay Uuludan ustun kelgan bo`lsa, Jahongir Rahmonov (-67 kg) italiyalik Micheli Jakomoga imkon qoldirmadi.

Shu va boshqa natijalar bilan quyida tanishing:

Erkaklar:
-51 kg: Hasanboy Do`stmatov — Shiakka Tommazo (Italiya) Do`stmatovning texnik g`alabasi
-63,5 kg: Mujibilllo Tursunov — Muhammadsabir Bazarbay Uulu (Qozog`iston) – 5:0
-67 kg: Jahongir Rahmonov — Micheli Jakomo (Italiya) – 5:0

Ayollar:
-71 kg: Tursunoy Rahimova — Marat Arilim (Qozog`iston) – 5:0

    Boshqa yangiliklar