1

O`zbekiston banklarida dollar narxi rekord darajada ko`tarildi

Iqtisodiyot 22.02.2022, 14:07
O`zbekiston banklarida dollar narxi rekord darajada ko`tarildi

Bugun, 22 fevraldan O`zbekistondagi ayrim tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi birdaniga 50 so`mga qimmatlashib, 10 945 so`mgacha ko`tarildi. Bu haqda "Zamon" yozmoqda. 

Qayd etish kerakki, bu mamlakatda dollar kursi tarixidagi eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi.

Aksariyat banklar amerika valyutasini 10 940 so`mdan, ayrimlari esa 10 945 so`mdan sotishni boshladi. Xarid qilish narxi esa 10 835 – 10 880 so`m karidorida bo`lmoqda.

Dollar arzonroq narxlarda sotilayotgan banklar “Kapitalbank” va “Asakabank” bo`lib – 10 900 so`m.

Eng arzon narxlarni esa Milliy bank va “Universalbank” taklif qilmoqda – 10 880 so`m.

Kecha, 21 fevral kuni Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 46 so`m 85 tiyinga ko`tarib yubordi va 1 AQSh dollarining narxini 10 888,07 so`m etib belgilagan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1