Amerikaning Hollywood Unlocked nashri Instagramdagi akkauntida Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning o`limi haqidagi xabarni e`lon qildi, deya yozmoqda Rossiyaning gazeta.ru nashri.
Ijtimoiy tarmoqdagi postda aytilishicha, qirollikka yaqin manbalar qirolicha Elizaveta II vafot etgani haqida faqat nashrni xabardor qilgan. U britaniyalik Vogue muharriri Edvard Enninfulning to`yida ishtirok etishi kerak edi, biroq o`lik holda topilgan.
Ushbu xabarga javoban britaniyalik jurnalist Rikardo Bruks o`zining Twitter sahifasida ushbu ma`lumotni rad etdi. U malika vafot etgan taqdirda maxsus tartib-qoidalar amalga oshirilishini eslatdi. BBC bu fojiali xabarni birinchi bo`lib xabar qilgan.
Bungacha Britaniya bosh vaziri bilan Elizabetning shaxsiy kotibi bog`langan.
"Uning o`limini e`lon qilish uchun puxta ishlab chiqilgan reja bor", degan Bruks.
Eslatib o`tamiz, avvalroq 95 yoshli malika koronavirus bilan kasallangani va uning atrofidagilarni ham yuqtirgani xabar qilingandi.






