AsosiyDunyo

Ukraianada favqulodda holat joriy etish bo`yicha qaror qabul qilindi

'Ukraianada favqulodda holat joriy etish bo`yicha qaror qabul qilindi'ning rasmi

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) Donesk va Lugansk viloyatlaridan tashqari butun mamlakat bo`ylab favqulodda holat joriy etishga qaror qildi. 

Endi Milliy xavfsizlik kengashining qarori 48 soat ichida Ukraina Oliy Radasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Danilovning so`zlariga ko`ra, favqulodda holat 30 kunga joriy qilinadi, zarurat tug`ilsa, Ukraina prezidenti uni yana 30 kunga uzaytirishi mumkin.

Favqulodda holat sharoitida jamoat tartibi kuchaytirilishi va transport harakati cheklanishi mumkin, dedi Danilov. Uning so`zlariga ko`ra, komendantlik soati ayrim hududlarda faqat zarurat tug`ilganda – Rossiya tomonidan tajovuz kuchaygan taqdirda joriy etiladi.

MXMK kotibi favqulodda holat joriy etilishi ukrainaliklar hayotiga «radikal» ta`sir ko`rsatmasligiga ishontirdi. Uning qo`shimcha qilishicha, agar kerak bo`lsa, Ukrainada harbiy holat joriy qilinadi.

    Boshqa yangiliklar