«Barselona» futbolchisi Usmon Dembele jamoada qolishi mumkin.
«Diario Sport» nashrining ma`lum qilishicha, fransiyalik vinger kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavidan unga imkon bergani uchun minnatdor va endi klubda qolish haqida o`ylamoqda.
Ammo endi «Barselona» futbolchiga shartnoma taklif qilmoqchi emas. Endi 24 yoshli Dembelening o`zi muzokaralar tomon qadam tashlashi kerak. «Ko`k-anorranglilar» hamon u bilan shartnoma tuzishdan to`liq umid uzmagan.
Ma`lumot uchun, Usmon joriy mavsum La Ligada jami 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo`ldi.






