AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichidagi raqiblari ma`lum bo`ldi

'O`zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichidagi raqiblari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 24 fevral kuni Xitoyda bo`lib o`tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichiga qur`a tashlandi.  Bu haqda O`zbekiston Futbol assosiasiyasi xabar berdi. 

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga chiqa olmagani bois, vakillarimiz endi Osiyo Kubogi yo`llanmasi uchun saralash o`yinlarida ishtirok etishadi.  

Qur`aga natijalariga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi Tailand, Maldiv orollari va Shri Lanka bilan "C" guruhidan joy oldi. O`zbekiston Futbol assosiasiyasi xabariga ko`ra ilk uchrashuv 8-iyun kuni Shri Lanka jamoasiga qarshi o`tkaziladi.  

Osiyo Kubogiga har bir guruh g`oliblari va 5ta eng yaxshi ikkinchi o`rin sohiblari yo`llanma olishadi.

    Boshqa yangiliklar