1

Tez kunda “Ayol qalbi” filmi premera qilinadi

Madaniyat 24.02.2022, 15:02
Tez kunda “Ayol qalbi” filmi premera qilinadi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Shayxontohur-film" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ayol qalbi” badiiy filmi tez orada premera qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur kinokartina tibbiyot sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, bemorlarning dardiga darmon bo`layotgan shifokor ayol taqdiri xaqida hikoya qiladi.  

Ssenariy mualliflari Jamilaxon Po`latova va Zulfiya Yo`ldosheva, postanovkachi rejissyor Jamilaxon Po`latova, operatorlar Dilmurod Turdiboev, Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Dilshod Mamadaliev, kompozitorlar Shuhrat Zokirov, Sardor Ergashev, kartina direktori Muzaffar Sa`dullaev.

Rollarda: Ra`no Shodieva, Dildora Umarova, Ulug`bek Yunusov, Gulchehra Jamilova, Ulug`bek Rustamov, Zuhra Ashurova, Ra`no Yarasheva va boshqalar.

Oldinda, Kinematografiya agentligi tomonidan rejissyor Rustam Sa`dievning “Baron 2”, Akrom Shohnazarovning “101-reys”, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” kinokartinalari premera qilinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1