Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF prezidenti Ukraina rahbari bilan uchrashishi mumkinligini istisno qilmayapti. Peskovga ko`ra, Ukraina Rossiya tomonidan qo`yilgan muhim masalalar, ya`ni, o`zining neytrallik maqomi, qurollarni o`z hududida joylashtirmaslik singari mavzularda gaplashishga tayyor bo`lsa, u holda prezidentlar uchrashishi mumkin.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RFning Ukrainadagi maxsus operasiyasi vaqt jihatdan qanchaga cho`zilishi natijadorlik va maqsadga muvofiqlik bilan aniqlanishini ma`lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ukrainaning demilitarizasiyasi va denasifikasiyasi RF harbiy operasiyasi maqsadi hisoblanadi, operasiya vaqtini mamlakat oliy bosh qo`mondoni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin belgilaydi, deb aytgan Dmitriy Peskov.
«Vaqti natijadorlik va maqsadga muvofiqlik bilan aniqlanadi, va albatta, oliy bosh qo`mondon bilan belgilanadi», — deb qo`shimcha qildi u.
Peskovning ta`kidlashicha, bu operasiyaning o`z maqsadi bor va ularga etish belgilangan. «Prezident barcha qarorlar qabul qilib bo`lingan, maqsadlarga esa erishilishini aytgan», degan Peskov RF harbiy operasiyani to`xtatishga tayyormi, u qanday shartlarda bunga rozi bo`ladi, degan savolga javob berar ekan.
Vladimir Putin Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, muzokara o`tkazishi ehtimollari haqida to`xtalar ekan, Peskov, Rossiya hukumati Ukraina rahbariyati bilan agar ular Rossiya tomonidan qo`yilgan masalalar, jumladan, uning neytrallik maqomi, qurollarni o`z hududida joylashtirmaslik haqidagi masalalarni muhokama qilishga tayyor bo`lsagina, uchrashuv bo`lishini aytgan.






