AsosiySport

Mbappe "PSJ" taklif qilgan ulkan taklifni rad etmoqda

'Mbappe "PSJ" taklif qilgan ulkan taklifni rad etmoqda'ning rasmi

Fransiyaning "PSJ" klubi hujumchi Kilian Mbappeni o`z safiga saqlab qolish istagida bo`lib turibdi. Bu haqda Marca xabar tarqatmoqda. 

Qayd etilishicha, jamoa Mbappega uzoq muddatli shartnoma hamda oyiga soliqlarsiz 1 million evro maosh taklif qilgan. Biroq futbolchi parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. 

Manbada aytilishicha, Mbappening orzusi "Real"ga yo`l olish. U "Real"da kam maosh olishiga qaramay, faoliyatini La Ligada davom ettirishni istamoqda. 

O`z navbatida "Real" ham futbolchi atrofida yuz berayotgan voqeallarni diqqat bilan kuzatmoqda  va uni o`z tarkibiga qo`shib olish istagida bo`lib turibdi. 

    Boshqa yangiliklar