1

Kinematografiya agentligida Jazoir elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Madaniyat 25.02.2022, 14:52
Kinematografiya agentligida Jazoir elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Kecha Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Jazoirning O`zbekistondagi elchisi Noser Busherit hamda vakil Fudzio Xebib bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlari o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilganining 30 yilligi hamda Jazoir mustaqilligining 60 yilligi munosabati bilan Jazoirda “O`zbek kinosi kunlari” va O`zbekistonda “Jazoir kino kunlari”ni o`tkazish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi.

Uchrashuv davomida O`zbekiston suratga olish guruhi tomonidan Jazoir mustaqilligining 60 yilligiga bag`ishlangan hujjatli film suratga olish va “Jazoirda o`zbek kinosi kunlari”ning ochilish marosimida namoyish etish taklifi ilgari surildi.

Ikki davlat kino kunlari doirasida O`zbekiston telekanallarida Jazoir filmlari, Jazoir telekanallarida O`zbekiston filmlarini namoyish etish masalasi ham muhokama qilindi. Eslatib o`tamiz, “Kino kunlari” davomida o`zaro hamkorlikda filmlar yaratish bo`yicha shartnomalar imzolanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1