Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»dagi faoliyati va o`z o`yinlaridan qoniqayotganini aytib o`tdi.
«35 yoshda ham 18, 20 yoki 25 yoshdagidek natija ko`rsatib bo`lmasligini tushunish uchun aqlli bo`lish shart emas. Ehtimol, yillar davomida qaysidir jihatdan pasayish kuzatilishi mumkin, ammo tajriba, mahorat, intelekt orqali boshqa jihatdan yanada kuchli o`yinchiga aylanasan. Eng yuqori darajada kurashish uchun esa kuchni to`g`ri taqsimlash lozim.
Aslida bu oson emas, ammo o`zimga nisbatan osondek ko`rinadi. Chunki statistikam hammasini aytib turibdi. Men o`zimni maqtashim shart emas, statistikaga nazar tashlash kifoya – hammasi ko`rinib turibdi. Fakt faktligicha qoladi, qolgani esa ahamiyatga ega emas.
Aynan shu sababli ham hozirgi holatimdan qoniqayapman. «Manchester Yunayted» va Portugaliya milliy jamoasiga avvalgidek yordam berishda davom etishni istayman», - deydi portugaliyalik forvard DAZN bilan suhbatda.
Ma`lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum «MYu» safida APLdagi 22 o`yinda 9ta gol, EChLda esa 6ta bahsda 6ta golga mualliflik qilgan.






