AsosiySport

Hasanboy Do`smatov xalqaro turnir finaliga chiqdi

'Hasanboy Do`smatov xalqaro turnir finaliga chiqdi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda Bolgariya poytaxti Sofiyada 73-bor o`tkazilayotgan "Stranja" xalqaro turnirining yarim final bahslari bo`lib o`tmoqda.

Bugungi final yo`lidagi bahslarda 7 nafar bokschimiz “jang” olib bormoqda.

Hozircha ayollar o`rtasidagi 52 kg vazndagi bahs yakunlandi. Unda hamyurtimiz Tursunoy Rahimova ukrainalik Tetiana Kobga qarshi bahs olib bordi. Referilarning qarori bilan Ukraina bokschisi (4:1) g`olib deb topildi. Tursunoy Rahimova bronza medali bilan kifoyalandi.

Shuningdek, hozirgina erkaklar o`rtasida 51 kilogrammdagi ilk finalchi nomi ma`lum bo`ldi.

Rio olimpiadasi g`olibi Hasanboy Do`smatov qozog`istonlik Timur Kabdeshovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 3 raund natijasiga ko`ra,  Do`smatov raqibini 5:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi va finalga yo`l oldi.

    Boshqa yangiliklar