AsosiySport

Rossiyada o`tkazilishi rejalashtirilgan Jahon shaxmat olimpiadasi boshqa mamlakatga ko`chiriladi

'Rossiyada o`tkazilishi rejalashtirilgan Jahon shaxmat olimpiadasi boshqa mamlakatga ko`chiriladi'ning rasmi

Jahon shaxmat Olimpiadasi boshqa mamlakatga ko`chiriladi. Hozirda Qo`mita boshqa tashkilotchi qidirmoqda.

"Moskva 24" bergan ma`lumotiga ko`ra Xalqaro shaxmat federasiyasi kengashi 2022 yilgi Rossiyada o`tkazilishi rejalashtirilgan Jahon shaxmat olimpiadasini boshqa mamlakatda bo`lib o`tadi.

Kengash 44-Jahon shaxmat Olimpiadasi, nogironlar o`rtasidagi musobaqa va FIDE Kongressini tashkil etish huquqini Rossiyadan olib qo`yish haqida qaror qabul qildi.

Musobaqa 26 iyuldan - 8 avgust kunlariga belgilangan edi.

Avvalroq, Rossiya 2020 yil, Belarus 2022 yil musobaqaga mezbonlik qilishi ko`zda tutilgan edi. Koronavirus pandemiyasi sabab turnir 2022 yilga ko`chirilgandi. Belarus esa musobaqani o`tkazishdan bosh tortdi.

    Boshqa yangiliklar