Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga muzokara taklif qildi.
“Yana bir bor Rossiya prezidentiga murojaat qilaman, odamlar umriga zomin bo`lmaslik uchun muzokara stoliga o`tiraylik”, deyiladi Ukraina etakchisi tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilgan video lavhada.
Murojaati davomida Zelenskiy fikrining bir qismini rus tilida ifodalagan. Juma kuni RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ukrain askarlari qurolini tashlagan payt Rossiya muzokaraga tayyorligi haqida bayonot berib, hech kim hujum qilib, vaziyatni keskinlashtirishga harakat qilmayotganini aytgandi.
Vazirning eslatishicha, Rossiya oxirigacha muzokara olib borish tarafdori bo`lgan.






