Bugun, 26 fevral kuni La-Mansh bo`g`ozida Rossiyaning “Baltic Leader” yuk kemasi qo`lga olindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sanksilar ostida qolgan kema Bulon-syur-Mer kommunasi portiga jo`natilgan. Xabarda aytilishicha, kema ekipajida 19 kishi bo`lgan.
“Baltic Leader” keyingi taqdiri sudda hal qilinadi. Ma`lum qilinishicha, kemada yangi avtomobillar olib ketilayotgan edi.
"19 kishidan iborat ekipajga qirg`oqqa chiqishga ruxsat berilgan, ular erkin harakatlana oladilar. Ekipajni Fransiyada joylashtirish shartlari haqida hozircha ma`lumot yo`q. Kemaning keyingi taqdiri sudda hal qilinadi", - dedi Rossiyaning Parijdagi elchixonasi matbuot xizmati rahbari Aleksandr Makogonov.






