"O`zgidromet" markazning xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida kechga tomon ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Respublikaning tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda quyoshli bo`ladi. Havo harorati 19-21° iliqgacha isiydi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliq bo`ladi.






